Osiyo chempionati. Medallar bo‘yicha ikkinchi, janglar sifati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladik!

  • 1 may, 20:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha U-15 va U-17 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

"World Boxing" shafeligida o‘tkazilgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 44 ta medal, jumladan, 16 ta oltin, 15 ta kumush va 13 ta bronza bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bizning printsipal raqibimiz - Qozog‘iston terma jamoasi 44 ta medal (16 ta oltin, 15 ta kumush va 13 ta bronza) bilan umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Hindiston 43 ta medal (15-6-22) bilan uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Ukraina (5-7-24) va Eron (1-5-5) yakunlab berdi.

Yana shuni ham qayd etish joiz, qit’a birinchiligidagi janglarning sifati bo‘yicha O‘zbekiston boks terma jamoasiga teng keladigani topilmadi. Ya’ni musobaqada ishtirok etgan 51 nafar charm qo‘lqop ustamiz umumiy 140 ochko to‘pladi. Bizdan keyingi eng yaxshi natija Qozog‘iston terma jamoasiga tegishli bo‘ldi. Ular 56 nafar bokschi bilan ishtirok etib, 138 ochko jamg‘ardi.

 

Ma’lumot uchun, mazkur Osiyo chempionatida jami 18 davlatdan bokschilar ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
01/05/2025 22:56
Barakalla!