Osiyo chempionati. Terma jamoamiz hisobiga 2 ta kumush medal qo‘shildi!

  • 09.04.2026 12:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Va nihoyat, Osiyo chempionatining hal qiluvchi final janglariga ham yetib keldik.

Xabaringiz bor, qit’a  chempionligi uchun 7 nafar bokschimiz bahs yuritadi va birinchi bo‘lib,  -75 kgdagi vakilamiz Aziza Zokirova ringga ko‘tarildi. U xitoylik  Bao Tsjiga qarshi bahs yuritdi. Dastlabki 2 raundda Zokirova ustunlikni saqlab turgan edi.  Biroq 3 raundda Bao Tsji bosimni oshirdi va hakamlar 2:3 hisobidagi g‘alabani Xitoy vakilasiga taqdim etdi. Shu tariqa vakilamiz kumush medali bilan musobaqani yakunladi.

80 kg vazndagi vakilamiz Ruhshona Parpievaga qozoqistonlik tajribali Nadejda Ryabets raqiblik qildi. Yosh bokschimiz jiddiy raqibasiga qarshi astoydil harakat qildi. Biroq yakunda,  0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Parpieva terma jamoamizga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi.

Shu tariqa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi bahslar yakunlandi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!