
Osiyo kubogi. Avstraliya darvozasiga hech qachon gol urmagan O‘zbekiston terma jamoasi bugun bu ishni uddalaydimi?
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi 3-tur o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanets boshchiligidagi termamizga Avstraliya terma jamosi raqiblik qiladi.
Mazkur bellashuv "V" guruh peshqadamini aniqlab beradi. 2-turdan so‘ng "yashil qit’a vakillari" 6 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda, "oq bo‘rilar" esa 4 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Shuningdek, uchrashuvni hakam yaponiyalik Araki Yusuke, unga qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Takagi Takumi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa xitoylik Ma Ning ishlaydi.
Uchrashuv ertaga soat 16:30 da “Al-Janub” stadionida start oladi.
Fikrlar