Osiyo kubogi. Ilgiz Tantashevga muhim o‘yin topshirildi

  • 21 yanvar, 2024, 12:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oisyo kubogining 3-turidan o‘rin olgan Eron - BAA o‘yini juda muhim sanaladi. Sababi, mazkur uchrashuv "C" guruhida kim birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishini belgilab beradi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘qnashuvni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. 

Tecno

O‘zbekistonlik mutaxassis bundan oldin Indoneziya - Iroq uchrashuvida bosh hakam sifatida ishladi. Unda iroqliklar ishonchli 1:3 hisobida zafar quchgandi. Xesus Kases shogirdlari ikkinchi turda Yaponiyani ham taslim qilib, guruhdan peshqadam sifatida chiqdi. 

FBL-ASIA-2023-MATCH09-INA-IRQ

Eslatib o‘tamiz, Ilgiz Tantashev BAAning JCh saralashidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahsini, Eronning (U-23) esa 2016 yilda Xitoyga qarshi uchrashuvini boshqarib borgan. Mazkur o‘yinlarda BAA mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Eron 3:2 hisobida zafar quchgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!