Osiyo o‘yinlari chempioni 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi!

  • 23 oktabr, 2024, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohmurod Xolmurodovdan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi ma’lum qildi.

Tecno

"Shohmuroddan Xolmurodov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shohmuroddan Xolmurodovdan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining 1000 metr masofaga o‘tkazilgan bahsida Nurislom To‘xtasin bilan juftlikda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

"Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan", - deya qo‘shimcha qilinadi Agentlik bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!