
Osiyo o‘yinlari. Qilichbozlarimiz ham medalni naqd qildi
Osiyo o‘yinlaridan yana bir xushxabar.
Shpagachi qizimiz Dilnaz Murzataeva chorak final bellashuvida yaponiyalik Sato Nozomini 15:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Reglamentga ko‘ra, qilichbozlikda yarim finalda imkoniyatni boy bergan atletlar bronza medaliga ega bo‘lishadi. Biroq biz Murtazaevadan final va chempionlikni kutib qolamiz.
Yurtdoshimizning final ostonasidagi raqibi janubiy koreyalik Injeong Choi bo‘ladi.
Fikrlar