Osiyoga yana bir superto‘purar kelmoqda

  • 8 iyun, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”dan ketishi kerak bo‘lgan Per-Emerik Obameyang faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Gabonlik to‘purarga “Al-Ahli” va “Ash-Shabab” klublari jiddiy qiziqish bildiryapti. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano.

33 yoshli futbolchi “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolganidan keyin avvalgi jamoasi “Barselona”ga qaytmoqchi bo‘lgandi. Lekin kataloniyaliklar uni ortga chaqirtirgani yo‘q.

Obameyang hali Evropa klublaridan taklif bo‘lishidan umidvor. Shu bois, tajribali hujumchi AQShning “Los Anjeles” jamoasidan bo‘lgan taklifni qabul qilmagan edi.

Biroq, saudiyaliklar taklif qiladigan maosh miqdori afrikalik hujumchining fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!