
Oskar De La Xoyya: "Terenc Krouford yosh boladan konfetni olib qo‘ygandek, Sauldan kamarni tortib oldi!"
Oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya hamyurti Terenc Kroufordning meksikalik Saul “Kanelo” Alvares ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi.
“Men sizlarga aytgandim-ku! Men Kanelo – Krouford jangini go‘yo folbin kabi oldindan bashorat qildim. Alvares hech narsa qilolmadi, u shunchaki havoga zarbalar yo‘lladi. Kroufordga esa respekt. U uchta vazn toifasiga yuqorilab, ajoyib jang o‘tkazdi. Bu zo‘r chiqish edi. Xuddi yosh boladan konfetni olib qo‘ygandek, Sauldan kamarni tortib oldi. Iltimos, "Kanelo" qarib qoldi, demang. Terencning yoshi unikidan kattaroq edi!", — deb yozdi sobiq bokschi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Krouford "Kanelo"ni engib, mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar