
O‘smirlarimiz 2 ta nazorat o‘yini o‘tkazdi. Birida durang, ikkinchisida yirik hisobdagi mag‘lubiyat
BAAdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘indan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan o‘smirlar terma jamoasi uchun Toshkentda 2 ta nazorat uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab U-16 O‘zbekiston terma jamoasi "Qibray" stadionida "Paxtakor U-21" vakillari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanladi (2:2).
Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o‘smirlarimiz "Lokomotiv U-21" jamoasi bilan kuch sinashdi. "TTYMI" stadionida o‘tgan bahsda "temiryo‘lchilar" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar