Oston O‘runov: Otamning orzusi ushaldi

  • 8 avgust, 2020, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Oston O‘runov Moskvaning “Spartak” jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz yangi jamoasi safida 20-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Yangi jamoaga o‘tganidan keyin o‘zbekistonlik legioner rossiyalik jurnalistlar bilan o‘z taassurotlari va fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Ushbu intervyuning tarjimasini e’tiboringizga havola qilamiz.

- “Spartak”da qanday kutib olishdi?

- Bu erda ajoyib kollektiv bor ekan, zo‘r kutib olishdi. Jamoaga tezroq kirishib ketishga umid qilaman.

- Klub haqida nimalar bilasan?

- “Spartak” – xalq jamoasi, eng sovrindor klub. Otam har doim “qizil-oqlar” safida to‘p surishimni orzu qilardi.

- “Ufa”ga yaqinda kelgansan. Rossiyadagi muxlislar sen haqingda kam bilishadi. Qaysi pozitsiyalarda o‘ynashga ko‘nikkansan?

- To‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘raman, maydon markazida o‘ynash men uchun qulay. Murabbiylar meni qaerga qo‘yishini ko‘ramiz hali.

- Shamil Gazizov seni “Ufa”ga taklif qilgandi, endi “Spartak”ga chaqirdi. U bilan yana bir klubda bo‘lishdan xursandmisan?

- U meni O‘zbekistondan “Ufa”ga taklif qilib, imkoniyat bergan edi. Endi uning ishonchini shu erda oqlashni istayman.

- “Spartak”ga o‘tganing tufayli O‘zbekistonda bu jamoaga e’tibor kuchaysa kerak?

- Albatta! “Qizil-oqlar”ning qariyb 35 million yangi muxlisi paydo bo‘ldi. Bu butun O‘zbekiston aholisi, degani.   

Oston O‘runovning transferi eng ko‘p muhokama qilingan mavzu sifatida omma diqqat markazida turdi. Unga Rossiyaning etakchi klublari qatori, xorijdan ham jiddiy takliflar bo‘ldi. Oston O‘runov faoliyatini “Spartak”da davom ettirishga qaror qildi.

Mutaxassislar yangi mavsumda bu jamoa chempionlik uchun kurashishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlamoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, hozircha Rossiya premer-ligasida Oston O‘runov, Eldor Shomurodov va Jasur Jaloliddinov kabi futbolchilarimizning mahoratidan bahramand bo‘lamiz.

Legionerlarimizning xorij chempionatlarida ishtirok etib, tajriba va mahorat oshirishi, eng evvalo, 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi manfaatlariga xizmat qiladi. Qolaversa, Rossiya va Belarus chempionatlari yuqori ligalarida to‘p surayotgan futbolchilarimiz evropalik futbol mutaxassislari e’tiborini o‘zbek futboliga qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
06/08/2020 00:20
Футболга кизиккан узбек мухлиси легионерларимизга балет килади спартакка эмас
Лекин 35млн диб сал шошиб куйди ёшлик килиб
Руслани олдида уялтириб
shaxbozbek yuldashev
05/08/2020 19:03
Эээ сан 35млн ахоли номидан гапришга нма хаккинг бор нма битта сан спартакка отганинга бутун бошли узбек халки спартакга балет килиш кереми сан кимсанки бунака гап этасан. Или озиндан юлдуз ясаволдинми олдин бирор нарсани койиллатиб койгинде кейин кариллагин км билади хали спартакни дублерида ойнисами ёми или кайсидир савияси паст клубга арендага берворадми
&
AMUDARYO MANG'IT
05/08/2020 19:18
Shu bola Spartakning etakchi o'yinchisi bo'ladi xali Maydan markazini yoradigan boladi mana ko'rasan