Ot sporti. Konkurchilarimiz Moskvadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

  • 26 sentabr, 2022, 15:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

Moskvada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima Masters Eurasia” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Gran-pri dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. “Mattsa” laqabli tulpori bilan qatnashgan terma jamoamiz etakchisi Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Nurjan Tuyakbaev “Lanselotta” otida kuchli beshlikdan joy oldi.

Bahsda rossiyalik Mixail Safronov “Key tu Prezident” laqabli oti bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Jentelmen of Morka” tulpori bilan tandemda harakat qilgan mezbonlarning yana bir vakili Anastasiya Sherbakova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu bosqichdan so‘ng B.Qurbonov 82, N.Tuyakbaev esa 71 ball bilan umumiy hisobdagi etakchilikni saqlab turishibdi. Ulardan keyingi pog‘onalarni Sergey Petrov (64), Nataliya Simoniya (62), Ivan Malyugin va Mixail Safronov (55) band etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!