Ot sporti. Uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat kubogi uchun bahslar boshlandi

  • 24 oktabr, 2022, 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti klubida uchkurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra,uch kun davom etadigan musobaqada chavandozlar ot yo‘rttirish, kross va konkur dasturlarida bor mahoratlarini namoyish etishadi. Qoidaga ko‘ra, sportchi barcha yo‘nalishlarda faqat bitta ot bilan ishtirok etishi mumkin.

Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan mazkur yo‘nalish mamlakatimizda ham tobora ommalashib bormoqda. Ushbu musobaqa kelasi yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lida terma jamoa tarkibini shakllantirib olish uchun muhim startlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!