Otabek Shukurov "Sharja" muxlislariga ta’sirli xat yo‘lladi

  • 28 iyul, 2022, 00:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumdan e’tiboran Turkiyaning "Karagyumryuk" klubi sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz a’zosi Otabek Shukurov "Sharja" muxlislariga ta’sirli xat yo‘lladi. 

"Qadrli Sharjahviylar!

5 yil oldin "Sharja"ga kelib qo‘shilganimda, menga ko‘rsatadigan sevgingiz bunchalik buyuk va samimiy bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdim. Siz menga xuddi o‘z oilangiz a’zosidek munosabatda bo‘ldingiz va doimo menga g‘amxo‘rlik qildingiz.

Jarohatimdan keyingi eng og‘ir damlarda ham yonimda bo‘ldingiz va meni qo‘llab, oyoqqa turgizdingiz. Har safar "Sharja" libosini kiyish sharafiga muyassar bo‘lganimda, doimo sizning sevgingizga javob qaytarish uchun qo‘limdan kelganini qilishga harakat qildim.

Ardoqlashlaringiz qadrini bilgan holda, har bir mashg‘ulotda, har bir uchrashuvda astoydil harakat qildim. Yutgan chempionligimizni umrimning oxirigacha eng yaxshi xotiralardan biri sifatida saqlab yuraman.

Hamda ishonamanki, jamoadoshlarim bu sharafni 2022-23 yil mavsumi yakunida yana sizga taqdim etishadi. Men ularni chin yurakdan qo‘llab-quvvatlashda davom etaman.

Bugun sizlarni ko‘zimda yosh bilan tark etayapman. BAAdagi barcha sarguzashtlarim davomida yonimda bo‘lgan klub prezidenti, murabbiylar,rahbarlarimiz, jamoadoshlarim, klubning barcha xodimlari va albatta "Sharja"ning ajoyib muxlislariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Siz doimo mening bir qismim bo‘lib qolasiz, Mening Shohlarim", — deydi Shukurov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tohirbek
28/07/2022 12:27
Otabek Bunyodkordan ketishdayam shunaqa xayrlashib ketgan rozi rizolik bilan ushanchun omadi kelyapdi bolani
&
Tohirbek
28/07/2022 12:27
Otabek Bunyodkordan ketishdayam shunaqa xayrlashib ketgan rozi rizolik bilan ushanchun omadi kelyapdi bolani
Verizon New
28/07/2022 11:56
Rahmat, Otabek Shukurov! Ta'sirli chiqibdi. Endi O'zbekiston milliy terma jamoasini qachondir tark etayotganingizda mana shu gaplarni o'zbek muxlislari uchun ham yozing, sizni duo qilaylik
Ал-химик
28/07/2022 10:09
Молодец йигит, олға бос!
Шундай асабга тегадиган рекламаларни қўядиганларни оғзига пашшалар чичиб кетсин, пулхўрлар