
Otabek Shukurov va Jaloliddin Masharipov Namangandagi O‘zbekiston - Gana B o‘yinida tarixga kirdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana B bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.
Tarixda ilk bor bosh jamoamiz Namanganda o‘ynadi. Tarixiy bellashuvning dastlabki goli Otabek Shukurov tomonidan kiritildi. U 4-daqiqada hisobni ochdi.
Hisob 1:1 bo‘lib turgan pallada Jaloliddin Masharipov termamizga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi ikki futbolchimiz shu tarzda tarixga kirdi.
Vadim Abramov shogirdlari ertaga - 29 mart kuni Toshkentda Iroq terma jamoasiga qarshi bu yig‘indagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar