
Otabek Shukurovning keyingi manzili aniq!
Otabek Shukurovning Turkiyadagi faoliyati o‘z nihoyasiga etib bormoqda. U "Kayserispor"ni tark etyapti.
"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi Saudiya Arabistonining "Al-Feyha" jamoasiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Ushbu transfer uchun tomonlar 400 ming evrolik kelishuvga erishgan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Shukurov o‘tgan qishda "Kayserispor" bilan shartnoma imzolagandi. Undan oldin esa "Fotih Karagyumruk" tarkibida to‘p tepgan futbolchimiz shu tariqa Evropadan Osiyoga yo‘l oldi.
Fikrlar