
Otabek Toxirov "ACA 163" turnirida raqibiga imkoniyat qoldirmadi
Minsk shahrida davom etayotgan "ACA163" turniridagi 2-vakilimiz Otabek Toxirov ham oktagonga ko‘tarildi.
U rossiyalik Igor Volchonov bilan jang qildi. To‘liq uch raund davom etgan bahsda, hamyurtimiz to‘liq ustunlik qildi. Yakunda, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa vakilimiz o‘zining 9-g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toxirov "Nursulton Team" klubi vakili sanaladi. U Bexzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi.
Fikrlar