Otashin so‘zlar! Xoland "Borussiya" bilan xayrlashdi
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland "Borussiya" Dortmund bilan xayrlashdi.
"Ushbu libosni kiyish men uchun sharaf edi. BU klubda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim. O‘zgacha insonlarni uchratdim, muxlislarni esa aytmasa ham bo‘ladi. Ular biz uchun maydonda qo‘shimcha futbolchi edi.
Men buni hech qachon unutmayman! Barchangizga rahmat!, - deya yozib qoldirdi Xoland o‘z Tvitter sahifasida.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli forvard ushbu yozda "asalarilar"ni tark etadi. U "Manchester Siti" klubiga 75 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar