
O‘tkir Yusupov: "Bizni o‘yinni sotganlikda aybladi"
O‘zbekiston terma jamoasi va "Navbahor" posboni O‘tkir Yusupov SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. 33 yoshli posbon Vadim Abramov bilan bo‘lgan nizo, keyinchalik murabbiy terma jamoaga uni (loyiq bo‘lsa ham) chaqirmay qo‘ygani ko‘pchilikning yodida. Shu masalani Yusupovning o‘zi ochiqlab ketdi:
"Neftchi"da birga ishlaganmiz. Toshkentda "Paxtakor" bilan o‘yin. Birinchi bo‘limda, 0:0 o‘ynab, ikkinchi taymda 6 ta to‘p o‘tkazib yuborib mag‘lub bo‘ldik. Baxsdan keyin, Abramov meni va jamoamiz sardori - Doston Tursunovni o‘yinni sotib sotganlikda ayblab, janjal qildi. Ona sutim xarom bo‘lsin shunday qilgan bo‘lsam dedim, ammo muammo to‘liq xal bo‘lmadi. Doston ham juda yomon ahvolga tushib qoldi.
O‘rtada nizo paydo bo‘ldi va bu xal etilgani yo‘q. Keyinchalik meni terma yig‘iniga chaqirdi. Mashg‘ulotlardan birida jarima zarbalarini tepdi. Darvozada men edim. Xazil tariqasida zarbalarini bosh bilan qaytardim. Gazablanib so‘kinib ketdi. Xozir salom-alik bor, ammo ko‘ngildagi g‘ashlik tarqamagan", - dedi Yusupov.
Fikrlar