
OXL. "Humo" tarixidagi dastlabki gol muallifi faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Toshkentning "Humo" jamoasi hujumchisi Ivan Belyakov faoliyatini Neftekamskning "Toros" jamoasida davom ettirishi mumkin. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli xokkeychi mazkur jamoa bilan 31 avgustga qadar mo‘ljallangan sinov shartnomasi imzolagan.
Qayd etish joiz, Belyakov "Humo"ning Oliy xokkey ligasidagi dastlabki goli muallifi sanaladi. U muntazam chempionatning ilk uchrashuvida "Ryazan" jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo, "qanotlilar" safidagi uchinchi uchrashuvidayoq og‘ir jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Fikrlar