Oyarsabal Ispaniyaning barcha davrlardagi rekordini o‘rnatdi
“Real Sosedad” klubidan Ispaniya terma jamoasiga jalb qilingan hujumchi Mikel Oyarsabal xalqaro miqyosda ajoyib natijalar qayd etmoqda.
Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining Evropa saralash turniri oxirigi turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Turkiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
28 yoshli futbolchi 62-daqiqada gol urib, Ispaniya terma jamoasini alamli mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu gol Oyarsabal nomini futbol tarixiga muhrladi.
MisterChip markazi ma’lumotiga ko‘ra, Mikel Oyarsabal Ispaniya terma jamoasi tarixida ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda samarali harakat qilib, gol urgan yoki golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Turkiya bilan durangdan so‘ng, Luis de la Fuente shogirdlari o‘z saralash guruhida beshta g‘alaba va bitta durang bilan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi.

Fikrlar