O‘zbek bokschisi IBF interkontinental chempionlik kamariga jang qiladi. Raqib Rossiyaning eng kuchli bokschilaridan...

  • 16 avgust, 2024, 11:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

6 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida RCC tomonidan navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur boks  oqshomida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. Shumladan, muhammad Shexov, Jahongir Rasulov, Bahromjon Fozilov hamda Ulug‘bek Sobirov navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. 
 Ayniqsa, Ulug‘bek Sobirov (14-3, 8 KO) anchagina jiddiy raqib Pavel Silyagin (14-0-1,7 KO) bilan IBF interkontinental chempionlik kamari uchun jang qiladi. Mazkur qarama-qarshilik super o‘rta vazn 76,2 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Sobirov bunga qadar o‘rta vazn 72,6 kgda o‘z janglarini o‘tkazib kelgandi. 
Biz ushbu raqib tanlanishi va vazn ko‘tarishi borasida murabbiy Sardor Razzoqov bilan bog‘landik va uning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Albatta, Pavel Silyagin juda yaxshi darajadagi raqib hisoblanadi. Lekin Ulug‘bekda ham undan qolishmaydigan salohiyat mavjud. To‘g‘risi, Ulug‘bekka raqib topishda biroz muammolar yuzaga kelyapti. Vaholanki, u reytingda 100 talikka kiradi xolos. Endi, vaznni ko‘tarishiga keladigan bo‘lsak, bu biz uchun katta imkoniyat bo‘ladi. Agar, jangda g‘alaba qozonsak, katta imkoniyatlar eshigi ochilishi tayin. Qolaversa, Ulug‘bekning gabariti, jismoniy holati ham bu vaznga to‘g‘ri keladi. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi ko‘rinish oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!