
O‘zbek o‘g‘loni "Yil xarakteri" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi
Taniqli MMA jangchimiz Shohasan Mirzamatov Octagon liga tomonidan "Yil xarakteri" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Hamyurtimiz oxirgi ikki jangini braziliyalik Pedro Fariasga qarshi o‘tkazdi. Dastlabki bahsda Shohasan 2-raundda raqibidan texnik nokautga evaziga mag‘lub bo‘lgandi. Biroq revanshda jangchimiz "qasos" olishni uddaladi. Mirzamatov hali nokautga uchramagan Fariasni 1-raunddayoq taslim qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shohasanning ayni paytdagi rekordi 14-4 ni tashkil etmoqda.
Fikrlar