O‘zbek polvonlari Evropadan to‘rtta medal olib keldi

CHERY AUTO

Turkiyaning Istanbul shahrida yoshlar o‘rtasida “European Cup – 2025” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi munosib ishtirok etdi.

Tecno

Dunyoning 30 davlatidan kelgan 500 nafardan ortiq yosh dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada Aselxan Aralbaeva va Umida Nig‘matova o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalga qadar etib borgan Dilshodbek Hamroev (-66 kg.) kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Bunyod Safarov (-73 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
07/05/2025 14:27
Barakalla.