CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining 7-turida Qirg‘iz Respublikasini o‘z uyida qabul qilib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. 
 
Ushbu bellashuvdan so‘ng mashhur Sofascore va Fotmob portallarining vakillarimizga qo‘ygan ballari bilan batafsil tanishing.

Sofascore portali hamyurtlarimizning o‘yinini shunday baholadi:

Asosiy tarkibimiz: O‘tkir Yusupov (6.9), Abduqodir Husanov (7.5), Rustam Ashurmatov (7.8), Abdulla Abdullaev (7.6), Farrux Sayfiev (6.7), Hojiakbar Alijonov (8.8), Otabek Shukurov (7.3), Odilbek Hamrobekov (7.2), Jaloliddin Masharipov (7.3), Abbosbek Fayzullaev (8.1), Eldor Shomurodov (7.6).

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar: Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (6.8), Ruslanbek Jiyanov (6.6), Zafarmurod Abdurahmatov (6.5), Akmal Mozgovoy (6.7).


Boshqa bir mashhur Fotmob portali esa futbolchilarimizga quyidagicha ball qo‘ydi:

Asosiy tarkibimiz: O‘tkir Yusupov (6.9), Abduqodir Husanov (7.7), Rustam Ashurmatov (7.6), Abdulla Abdullaev (7.4), Farrux Sayfiev (6.7), Hojiakbar Alijonov (8.8), Otabek Shukurov (7.4), Odilbek Hamrobekov (7.5), Jaloliddin Masharipov (7.9), Abbosbek Fayzullaev (8.4), Eldor Shomurodov (7.4).

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (6.6), Ruslanbek Jiyanov (6.2).

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz endi 25 mart kuni Eronga qarshi Tehronda harakat qiladi. Mazkur to‘qnashuv ham Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!