O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi translyatsiya qilinmasligi borasidagi xabardan so‘ng Vadim Abramov va "Sport" TV...

  • 5 noyabr, 2019, 14:51
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va oradan 5 kun o‘tib, Falastin bilan o‘yin o‘tkazadi.

Mazkur uchrashuvlardan avval vakillarimiz Toshkentda 9 noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Kecha "Sport" telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu o‘yin translyatsiya qilinmasligini ma’lum qilgandi. Buning sababi Vadim Abramov muhim bahslar oldidan o‘tkazadigan taktikalari va uslublarini raqiblar bilib qolmasligi uchun shunday yo‘l tutilayotgani aytilgandi.

Bugun Axborot va ommaviy kamunikatsiyalar agentligida futbolga oid matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda futbolimiz rahbariyati va Vadim Abramov ishtirok etdi. Unda jurnalistlar Qirg‘izistonga qarshi bahs translyatsiya qilinmasligining sababini so‘rashganida, murabbiy bunga hech qanday qarshiligi yo‘qligini aytdi va "Sport TV" namoyish etishiga qarshi emasligini bildirdi. Shundan so‘ng telekanalning rasmiy telegram sahifasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi jonli efirda olib berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 9 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Шокир
05/11/2019 17:06
Aslida maqsad stadiyonga koʻproq muhlis jalb qilish boʻlgan ekan,lekin bunday usul bn maqsadga erishib boʻlmasligi aniq edi, birinchidan bu oʻrtoqlik uchrashuvi, ikkinchidan raqib ham unchalik nomdor emas, uchinchidan oʻrtoqlik bahslarida koʻp hollarda poytahtdagi maydonlarga kam muhlis tashrif buyuradi bu safar ham shunday boʻlishi aniq . Buning birgina yechimi bor bu ham boʻlsa oʻrtoqlik oʻyinlarini Vodiyda Vohada oʻtkazish kerak ,masalan kutulyotgan oʻyin Namanganda oʻtkazilsa qanday boʻlardi men aniq ayta olamanki oʻyingoh liq toʻlar edi vodiylik muhlislar TJ ni yolgʻizlatib qoʻymasligiga ishonaman yana bir jihat Qirgʻizistondan ham juda koʻp muhlislar kelishi aniq edi chegara ochiq 70 80 km masofa ularga ham qulay boʻlar edi va oʻyin murosasiz oʻtishiga har bir oʻyinchi oʻzining haqiqiy patensialini koʻrsatishga urunar edi ahir fudbolchilar ham muhlis uchun oʻynashga harakat qilishadi.
&
Zulfiqarov Husanboy
05/11/2019 15:31
Sport tv ga hech tushunmimanda Ko'ngliga kelgan ishni qiladi Istasa namoyish etadi istamasa yo'q eng izig'i doim bohona tayyor
&
Lochin79
05/11/2019 21:55
Bobur akmolovga rahmat.bular qitmirlini boshlayapti.kuproq muhlis kerak bulsa namanganda utqaz uyinni.chetda yurganla tvdan kurmasa qaerdan kuradi abramov janoblari.sekretniy mashgulot bulsa tushunamiz.
Shu urtoqli uyinini ham viloyatlarga bermadiya bular .qirziston vodiyga chegaradosh edi.ular kelishga qiynalmas edi
OY TUQSA HAM TOSHKENTGA
KUN TUGSHA HAM TOSHKENTGA
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
05/11/2019 16:12
танқидий фикрлардан сўнг олиб берилсин деди мураббий ҳам ўлганини кунидан
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
05/11/2019 16:11
ўйинни кўрсатиш спорт каналига боғлиқ эмасди. мураббий шуни хоҳлаган
&
Surxon turon
05/11/2019 15:59
Танқидий мақоладан кейин рози бӯбдида ешиклар ёпиқ буганбилан дераза очиқ бӯлса фойдаси йӯқку деганди
&
GOAL
05/11/2019 15:52
Oxirgi turda paxtakorni uyinini olib berishdi undan kura navbaxor bn nasafni uyini qiziq muxlislar uchun! Bu mening fikrim