
O‘zbekiston BAAga qarshi oq libosda o‘ynaydi
Ertaga, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahs olib boradi. Bugun o‘yin oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga bir qator yo‘nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari bo‘yicha tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi. Shuningdek, musobaqaning pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvlarning barchasida VAR tizimidan foydalanilishi ma’lum qilindi.
Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.
Fikrlar