O‘zbekiston delegatsiyasi tezkor va blits shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi!
Joriy yilning, 22-29 sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan jami 89 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar yosh sportchimiz ushbu nufuzli chempionatda yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.
—Madaminov Muhiddin – 12 ochko bilan oltin medal va jahon chempioni;
—Suyarov Muhammadzohid – 10 ochko bilan bronza medal;
—Omonova Umida – 9,5 ochko bilan kumush medal;
—Begmuratov Humoyun – 9 ochko bilan 4-o‘rin;
—Xalilova Madinabonu – 8 ochko bilan 6-o‘rin.
Blits bo‘yicha yakuniy natijalar:
Erkaklar:
Madaminov Muhiddin (O‘zbekiston) – 12 ochko
Lazavi Denis (Belarus) – 11,5 ochko
Suyarov Muhammadzohid (O‘zbekiston) – 10 ochko
Begmuratov Humoyun (O‘zbekiston) – 9 ochko
Kordoba Roa A. (Kolumbiya) – 9 ochko
Tikona Rokabado L. (Boliviya) – 9 ochko
Parra Gonsales A. (Peru) – 8,5 ochko
Prisakaru Stefan-Emilian (Ruminiya) – 8,5 ochko
Aarav Dengla (Hindiston) – 8 ochko
Tsaruk Maksim (FIDE) – 8 ochko
Ayollar:
Roebers Elin (Niderlandiya) – 12 ochko
Omonova Umida (O‘zbekiston) – 9,5 ochko
Tarasenka Aliaksandra (Belarus) – 9 ochko
Zhurova Anna (FIDE) – 8,5 ochko
Ximenes Salas Mariya (Peru) – 8,5 ochko
Xalilova Madinabonu (O‘zbekiston) – 8 ochko
Kairbekova Amina (Qozog‘iston) – 8 ochko
Polyakova Varvara (FIDE) – 8 ochko
Kurmangalieva Liya (Qozog‘iston) – 7,5 ochko
Sontresas Xuaman Fiorella (Peru) – 7,5 ochko
Fikrlar