
O‘zbekiston kubogi. "Andijon" qiyinchilik bilan "Turon"ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Andijon" - "Turon" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Erkinov (dubl) va Goron mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki goli ham Humoyun Murtazoev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Andijon" qiyinchilik bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Turon" nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar