O‘zbekiston kubogi. Bugun yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi
Bugun Coca Cola O‘zbekiston kubogida finalchilar nomi ma’lum bo‘ladi.
Dastlabki yarim final uchrashuvi Qo‘qon shahrida o‘tkaziladi va unda mezbon "Qo‘qon-1912" jamoasi amaldagi chempion "Paxtakor"ni qabul qiladi. Ushba bahs 13:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi finalchi nomi Olmaliqdagi AGMK hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi kurashda aniqlanadi. Bu uchrashuvning boshlanish vaqti 16:00 etib belgilangan.

Fikrlar