
O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi
Jizzax shahrida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 2-daqiqada Jasur Hasanov hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Mirjahon Mirahmadov muvozanatni tikladi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada Shohruh Gadoev g‘alaba to‘pini kiritib, "qaldirg‘ochlar"ni yarim finalga olib chiqdi.
Fikrlar