
O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" va "Navbahor" keyingi bosqchiga yo‘l oldi
Bugun O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, "Bunyodkor" "Qiziriq"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda 3-daqiqada Normurodov avtogol bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Ismonaliev va Abduxoliqov mezbonlarning g‘alabasiga sabab bo‘ladigan gollarni urdi.
"Navbahor" esa o‘z o‘yida "Buxoro"ni qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi - 1:0. Uchrashuvdagi yagona golni 45+7-daqiqada Ivanovich kiritdi.
Sha tariqa, bugungi o‘yinlarda g‘alaba qozongan "Bunyodkor" va "Navbahor" O‘zbekiston kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar