
O‘zbekiston kubogi. Chorak finalga yo‘l olgan so‘nggi jamoa nomi ma’lum
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Neftchi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda jizzaxliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Faqatgina ekstra taymlarning ikkinchisida Sardorbek Hoshimov gol urib, "So‘g‘diyona"ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Boshkovich shogirdlari turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Nimchorak final
Fikrlar