O‘zbekiston kubogi. “G” guruhida intriga saqlanib qolmoqda. Barcha jamoalarda bir xil ochko

  • 18.05.2026 21:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi “G” guruhida ikki turdan keyin barcha jamoalar bir xil — 3 ochkodan jamg‘arib turibdi.

1-turda “Kattaqo‘rg‘on” “Surxon”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Paxtakor” “Yaypan” ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

2-turda esa natijalar teskari ko‘rinish oldi. “Yaypan” minimal hisobda “Kattaqo‘rg‘on”ni mag‘lub qildi, “Surxon” esa “Paxtakor” darvozasiga javobsiz ikki to‘p kiritdi.

Shu tariqa, ikki turdan keyin barcha jamoalar 3 ochkodan to‘plagan holda guruhdagi intriga yanada kuchaydi.

3-tur uchrashuvlari 27 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Paxtakor” — “Kattaqo‘rg‘on”, “Yaypan” esa “Surxon”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!