O'zbekiston Kubogi. Ikkinchi kunda ham 5 vaznda sovrindorlar aniqlandi
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat Kubogida ikkinchi kungi bellashuvlar ortda qoldi.
Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi kuni o‘rta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Kechagi kun bahslari ham murosasiz kurashlar ostida kechdi. Birgina -66 kg vazn toifasida 104 nafar dzyudochi g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqdi.
O‘z vazn toifalarida Mirsaid Jo‘rayev (Toshkent viloyati), Sultonbek Qo‘ldoshboev (Samarqand), Mohinur Ollaberganova (Xorazm), Dilshodahon Mahmudjonova (Namangan) va Sevinch Norboyeva (Navoiy) O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishdi.
Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-66 kg vazn toifasi:
1. Mirsaid Jo‘rayev (Toshkent viloyati)
2. Eldorbek Foziljonov (Toshkent viloyati)
3. Asilbek Pardaev (Buxoro)
3. Shahzodbek Sa’dullaev (Xorazm)
-73 kg vazn toifasi:
1. Sultonbek Qo‘ldoshboev (Samarqand)
2. Daler Asrorqulov (Samarqand)
3. Tohir Qosimov (Xorazm)
3. Qilichbek Davronov (Buxoro)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi:
1. Mohinur Ollaberganova (Xorazm)
2. Husniya Umrzoqova (Qashqadaryo)
3. Adiba Kenjaeva (Samarqand)
3. Venera Hamdamova (Samarqand)
-52 kg vazn toifasi:
1. Dilshodahon Mahmudjonova (Namangan)
2. Shabnam Umirzoqova (Samarqand)
3. Shahina Avezova (Xorazm)
3. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
-57 kg vazn toifasi:
1. Sevinch Norboyeva (Navoiy)
2. Shahnazabonu Sultonova (Xorazm)
3. Charosoy O‘ktamboeva (Xorazm)
3. Sevara Temirbekova (Qoraqalpog‘iston)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar