
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" - "So‘g‘diyona": Finalchi nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi (matnli tranlyatsiya)
O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuviga start berildi. Quyida ushbu o‘yindan matnli translyatsiya e’tiboringizga havola etiladi.
"Navbahor" - "So‘g‘diyona" 3:1
Shu tariqa, "lochinlar" final yo‘llanmasiga ega chiqdi!
SEYV! Javohir Qahramonovning chap burchakka yo‘llagan zarbasini Yusupov qaytardi.
GOL! Jamshid Boltaboevdan ishonchli zarba, Mitrovich to‘p yo‘nalishini topa olmadi.
XATO! Ayubxon No‘’monov ham yuqoriga zarba berdi.
GOL! Yovan Jokich to‘pni darvozaning o‘ng tomoni yuqori to‘qqizligiga mixlab qo‘ydi!
XATO! Husniddin G‘ofurov tepgan to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
GOL! Ashurmatov ham o‘ng burchakka to‘pni yo‘lladi.
GOL! Yure Obshivach o‘ng burchakni aniq nishonga oldi.
120+4. Uchrashuv vaqti yakuniga etdi. Finalchi nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi.
120+3. Diyor Turopov boshi bilan zarba berdi, Mitrovich yana to‘pni ushlab olmoqda.
120+2. Shifokorlar G‘ofurovni maxsus zambilda maydondan olib chiqishdi.
120+2. Asimov manziliga nomaqbul so‘zlar aytgan Samvel Babayan sariq kartochka bilan jazolandi.
120+1. Sardor Qulmatovning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
120. Ikkinchi ekstra-taymga 4 daqiqa qo‘shildi.
119. Sobirjonovning uzatmasidan keyin Mitrovich to‘pni mushtlari bilan urib yubordi.
118. Oxirgi daqiqalar Babayan shogirdlarining to‘liq ustunligi ostida davom etyapti.
118. Jamshid Boltaboevning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.
116. Mitrovichga yana shifokorlar yordami zarur.
115. Igor Golban avvalgisidan ham qulay vaziyatda noaniq zarba berdi. Qanday omadsizlik?!
114. "Lochinlar" o‘ta qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Jo‘raboev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi.
112. Milan Mitrovichga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
111. Golbanning zarbasi ancha noaniq ketdi.
110. Zoran Marushich o‘z o‘rnini Asabdek Jo‘raboevga bo‘shatib berdi.
109. Marushich o‘tkir burchakdan zarba bera olmadi, yana bir hujum samarasiz yakunlandi.
107. Boyan Tsigerning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
107. So‘nggi daqiqalarni ham namanganliklar nisbatan faolroq o‘tkazyapti.
106. Ikkinchi ekstra-taym boshlandi!
105+1. Ayubxon No‘’monovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
105. Birinchi qo‘shimcha bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi.
105. Taktik fol evaziga raqib hujumini to‘xtatgan Ashurmatov ogohlantirildi.
105. Jo‘rabekovning urinishiga aniqlik etishmadi.
104. Jamshid Boltaboev uzoq masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Mitrovich o‘z o‘rnida!
101. Hakamga zaxira o‘rindig‘idan turib e’tiroz bildirgan Norxonovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
99. "Bo‘rilar" ancha zich himoyalanmoqda, jarima maydoniga oshirilgan to‘plarning barchasi qaytarilyapti.
97. Jarima maydoniga ikki bor to‘p uzatgan Baqoev shogirdlari vaziyatni zarba bilan yakunlay olmadi.
96. Mehmonlar burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
94. Bu safar Yovan Jokichning urinishidan so‘ng jizzaxliklar posboni xavfni bartaraf etdi.
93. Diyor Turopovning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini Mitrovich ushlab oldi.
91. Dastlabki qo‘shimcha bo‘limga start berildi!
90+9. Ikkinchi bo‘lim ham yakuniga etdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Demak, ekstra-taymlar guvohi bo‘lamiz!
90+6. Maydonning har bir qarich eri uchun jiddiy kurash kechmoqda.
90+3. Babayan shogirdlari hujum qilishda davom etmoqda.
90. Bellashuvga 9 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
86. "Navbahor"dan ketma-ket zarbalar. Mitrovich bir amallab, xavfni bartaraf etdi.
83. Uxxx. Jokichdan xavfli zarba. Ammo uning boshi bilan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
78. "Bo‘rilar"dan xavfli zarba. To‘p namanganlik himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
74. Hakam qizil kartochkani bekor qilishi mumkin edi. Biroq VAR hakamlari ham qizilni haqqoniy, deya baholadi.
72. Babayan navbatdagi o‘zgarishga qo‘l urdi. Doniyor Abdumannopov o‘rniga Asadbek Sobirjonov maydonga tushdi.
71. Qizil kartochka! Abdujalil Manazarov ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
67. Igor Golbanga sariq kartochka ko‘rsatildi.
65. Hozircha ikki tomon ham himoyada xatoga yo‘l qo‘ymayapti.
63. Marushichning zarbasi himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak zarbasini amalga oshiradi mezbonlar.
60. Ulug‘bek Baqoev navbatdagi sariq kartochka egasi bo‘ldi.
57. O‘zgarish "Navbahor" tarkibida. Stanislav Andreev o‘z o‘rnini Igor Golbanga bo‘shatib berdi.
55. Hakam hech kimni ayab o‘tirmoqchi emas. Asimov hatto zaxiradagilarga ham sariq kartochka ko‘rsatdi.
53. Boltaboevning zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi.
51. Bosh hakam Aziz Asimov Bahodir Nasimovga sariq kartochka ko‘rsatdi.
49. Uxxx. Qahramonovning ajoyib zarbasidan so‘ng to‘pni Yusupov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
45+2. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha hisob - 0:0.
45+1. Yana bir sariq kartochka. Bu safar Marko Kolakovich ogohlantirildi.
45. Bellashuvning birinchi bo‘limiga to‘xtalishlar o‘rnini qoplash maqsadida 2 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
43. Mitrovich o‘z o‘rnida.
43. Burchak zarbasi mezbonlar foydasiga.
40. Jizzaxliklardan xavfli hujum. Biroq "Navbahor" himoyachilari bu xavfni bartaraf etdi.
38. Ikki jamoada ham maydon markazida kichik xatolar ko‘p kuzatilmoqda.
35. Doniyor Abdumannopov juda chiroyli kombinatsiyani golga aylantira olmadi. Aniqrog‘i, raqib himoyachilari munosib harakat qildi.
32. Mitrovichga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
30. Dian Talhatov ogohlantirildi. Bu uchrashuvdagi uchinchi sariq kartochka.
27. "Navbahor"dan xavfli hujum. Zarbalarni goh himoyachilar, goh darvozabon qaytarib qoldi.
23. Iskanderovning qanotdan uzatib bergan keskin pasidan so‘ng to‘pni Mitrovich mushtlari bilan qaytarib yubordi.
21. Jizzaxliklar deyarli hujumga o‘tmayapti. Ular chuqur himoyaga asoslangan futbol namoyish etmoqda.
18. Yo‘q! Qaror o‘z kuchida qoladi. Qizil kartochka ko‘rsatilmadi.
17. Hakam bu vaziyatni VAR orqali ko‘rib chiqmoqda. Obshivats ishlatgan jiddiy qo‘polligi uchun maydondan chetlatilishi mumkin.
16. Endi Yuriy Obshivats sariq kartochka olmoqda.
15. "Lochinlar" to‘p nazoratiga egalik qilmoqda.
12. Davron Hoshimov sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
10. Yo‘q! Boyan Tsigerning akrobatik tarzda urgan ajoyib goli o‘yindan tashqari holat sabab bekor qilindi.
9. GOOOOOOOOOOOOOL! "Navbahor" uchrashuvda hisobni ochdi. Biroq...
7. Abdujalil Manazarovga hakam sariq kartochka ko‘rsatdi.
6. O‘yin asosan, mehmonlar darvozasi oldida kechmoqda.
3. Maydon egalari dastlabki daqiqalardan hujumkor o‘yin namoyish etmoqda.
1. O‘yin boshlandi. Mezbon "Navbahor" ko‘k rangli liboslarda, mehmon "So‘g‘diyona" esa oq rangli formalar ostida to‘p tepadi.
* Uchrashuv starti uchun hamma narsa shay holatda.
* Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib keldi.
Fikrlar