
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" - "So‘g‘diyona" o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 9:00 dan boshlab barcha kassalarda sotilmoqda.
Chiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 30 000, qolgan sektorlar uchun esa 20 000 so‘m etib belgilangan.
OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga intilayotgan sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabasiga madadkor bo‘lay desangiz, chiptalarni xaid qilishga shoshiling, aziz muxlislar!
Eslatma: “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 14 oktyabr kuni soat 19:00 da start oladi.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar