O‘zbekiston kubogi. O‘z uyida "Qizilqum"ga mag‘lub bo‘lgan "Lokomotiv" guruhda qolib ketdi

  • 27 aprel, 2024, 18:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi "D" guruhi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

"Lokomotiv" o‘z uyida "Qizilqum"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yindagi yagona gol 32-daqiqada raqib himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng, Fayzullobek Jumanqo‘ziev tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" turnirni tark etdi, navoiyliklar guruhda 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

  • O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
  • Guruh bosqichi

Lokomotiv

Tugadi
0 : 1

27.04.2024 16:30

Qizilqum

  • F. Jumankuziev 32'

"Olimpik Mobiuz" - "Zomin" qarama-qarshiligida ham minimal hisob qayd etildi. Burchak zarbasidan so‘ng jarima maydonchasi ichida kelgan tartibsizlikdan 26-daqiqada Muhammadali Zohidov foydalana oldi. 

Guruhda 7 ochko jamg‘argan "Olimpik Mobiuz" birinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

  • O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
  • Guruh bosqichi

Olimpik Mobiuz

  • Muhammadali Zohidov 27'
Tugadi
1 : 0

27.04.2024 16:30

Zaamin

Guruhdagi holat quyidagicha:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!