O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor"ning finallardagi natijalari. Ular bugun buni yaxshilay olishadimi?

  • 20 dekabr, 2020, 02:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” matbuot xizmati, "sherlar"ning hozirgacha O‘zbekiston Kubogida o‘tkazgan finallarini yodga olib o‘tdi.

“Paxtakor” ishtirok etgan barcha finallarning sanalari, bosh hakam va gollar mualliflari aks etgan ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu tarixiy bellashuvlarni yana bir eslashga ham sabab bo‘ladi. "Paxtakor" hozirgacha finallarda 12 bor zafar quchib, bu borada ham O‘zbekiston rekordchisi hisoblanadi/ Umid qilamizki, bu safargi final ham muvaffaqiyatli finallardan biri sifatida tarixdan joy oladi.

1993 yil
«PAXTAKOR» - «NAVBAHOR» - 3:0 (0:0)
09.10.1993. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 8000 tomoshabin.
Hakam: Noil Lutfullin.
Gollar: No‘’mon Hasanov (60), Mirjalol Qosimov (79), Rifat Galeev (90).

1996 yil
«NEFTChI» - «PAXTAKOR» - 0:0 (Penaltilar bo‘yicha 5:4)
10.11.1996. Toshkent. MHSK stadioni. 2000 tomoshabin.
Hakam: Rashid Aytekov.

1997 yil
«PAXTAKOR» - «NEFTChI» - 3:2 (Asosiy vaqt 2:2)
23.11.1997. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 20000 tomoshabin.
Hakam: Sardor Najafaliev.
Gollar: Azamat Abduraimov (35), Andrey Akopyants (86), Andrey Akopyants (118) - Vyacheslav Knyazev (12), Rustam Do‘rmonov (79).

2001 yil
«PAXTAKOR» - «NEFTChI» - 2:1 (1:1)
04.08.2001. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 25000 tomoshabin.
Hakam: R. Saidov.
Gollar: Leonid Koshelev (26,58) - Anvar Berdiev (34).

2002 yil
«NEFTChI» - «PAXTAKOR» - 3:6 (Asosiy vaqt 3:3)
09.08.2002. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 15000 tomoshabin.
Hakam: R. Saidov.
Gollar: Sergey Ni (14), Muxtor Qurbonov (85), Akmal Xolmatov (90) - Gochguli Gochguliev (4,115), Sergey Lebedev (5 o‘z darvozasiga, 107 o‘z darvozasiga), Leonid Koshelev (70), Zayniddin Tojiev (117).

2003 yil
«PAXTAKOR» - «NASAF» - 3:1 (2:1)
15.08.2003. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 15 000 tomoshabin
Hakam: Noil Lutfullin (Buxoro).
Gollar: Server Jeparov 13, Leonid Koshelev 33, Mirjalol Qosimov 84 - Dilshod Mavlonov 38.

2004 yil
«PAXTAKOR» - «TRAKTOR» 3:2 (3:0)
01.10.2004. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni.10000 tomoshabin
Hakam: Dmitriy Roman.
Gollar: Vladimir Shishelov 15, Server Jeparov 23, Anvar Soliev 44 – No‘’mon Hasanov 48, Temur Ayzatullov 58.

2005 yil
«PAXTAKOR» - «NEFTChI» - 1:0 (1:0)
26.11.2005. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 5000 tomoshabin
Hakam: G‘ayrat Karimov.
Gol: Anvar Soliev (24).

2006 yil
«PAXTAKOR» - «MASh’AL» 2:0 (1:0)
08.11.2006 Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 17000 tomoshabin
Hakam: Noil Lutfullin.
Gollar: Renat Bayramov (45), Ixeruome Uche (83).

2007 yil
«PAXTAKOR» - «QURUVChI» 0:0 (Penaltilar bo‘yicha 7:6)
09.12.2007 Toshkent. MHSK stadioni. 11500 tomoshabin.
Hakam: Noil Lutfullin - 8,1.

2008 yil
«BUNYoDKOR» – «PAXTAKOR» 3:1 (Asosiy vaqt 1:1)
31.10.2008. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 12 124 tomoshabin.
Hakam: Marat Ismoilov.
Gollar: Hasanov Jasur (42), Soliev Anvar (101, 114) - Ahmedov Odil (45).

2009 yil
«PAXTAKOR» - «BUNYoDKOR» - 1:0 (1:0)
08.08.2009. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 27 543 tomoshabin
Hakam: Marat Ismoilov.
Gol: Stanislav Andreev (35).

2011 yil
«PAXTAKOR» – «NASAF» – 3:1 (2:0)
13.11.2011. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 12005 tomoshabin.
Hakam: Ravshan Ermatov.
Gollar: Irakli Klimiashvili (5, 82), Aleksandr Kletskov (29), – Jahongir Jiyamurodov (90+3, penaltidan).

2018 yil
AGMK - "PAXTAKOR" - 3:1 (1:0)
28.10.2018. Farg‘ona. "Istiqlol" stadioni. 11152 tomoshabin.
Hakam: Temur To‘xtasinov.
Gollar: Yovan Jokich 16-pen, 57, Zohir Pirimov 90 - Ismoil Gonsalvesh 54-pen.

2019 yil
"PAXTAKOR" - AGMK - 3:0 (1:0)
26.10.2019. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 8000 tomoshabin.
Hakam: Sherzod Qosimov.
Gollar: Cheran 31, 61-pen, 77.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!