
O‘zbekiston kubogi. "So‘g‘diyona" Toshkentda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va guruhni yuz foizlik natija bilan yakunladi
O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida gollarga Mavlonqulov, Abdurahmonov va Andreev mualliflik qildi. Maydon egalarining ikki goli esa Merk (dubl) nomiga qayd etildi.
Ushbu natijadan so‘ng Jizzax klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 100 foizlik natija bilan peshqadamlikni hal qildi. "Paxtakor" esa 4 ochko bilan 2-pog‘onani egalladi.
Fikrlar