O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak murabbiyi "Bunyodkor"da

  • 19 avgust, 2021, 15:34
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qarorga kelgani borasida xabar berdi. Unga ko‘ra, sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul ko‘rilgan.

Tomonlar bilan og‘zaki kelishuvga erishgach, Srechko Katanets muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilgandi. 19 avgustga o‘tar kechasi xorijlik mutaxassis Toshkentga keldi. Endi u O‘FA vakillari bilan kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Bugun sloveniyalik murabbiy O‘FA birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida "Bunyodkor" bilan tanishdi. Ular stadiondagi muzey va akademiyani ko‘zdan kechirmoqda.

Hozircha, kelishuv bo‘yicha ma’lumot berilmadi. Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
19/08/2021 21:14
Қадами қутлуғ келсин. Омадини берсин. МТЖмизни юқори чўққиларга олиб чиқсин. Футболимизнинг ўзгаришига таъсир қилсин. Яҳши томонга ўзгаришига ўз ҳиссасини қўшсин.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/08/2021 16:07
Sport tv. qerdan chiqdi. bu Sport tv2 kanala biza telifizorla ochmayapti. telfondan kurganday bylmayman. uzi shuncha Mahalla Dunyo buylap quyib yuruvdizlarku.
Kengashev Obidjon
19/08/2021 15:43
Yoqmayapti shu murabiy