
O‘zbekiston milliy terma jamoasining "JCh-2026" saralashidagi o‘yinlari taqvimi
Bugun Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida 2026 yilgi jahon chempionati hamda 2027 yilgi Osiyo Kubogi musobaqalarining saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "E" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu kvartetda Eron, Turkmaniston va Gonkong / Butan juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini safarda Turkmanistonga qarshi bellashuv bilan boshlaydi.
Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:
16 noyabr 2023
Turkmaniston - O‘zbekistan
21 noyabr 2023
O‘zbekistan - Eron
21 mart 2024
Gonkong / Butan - O‘zbekistan
26 mart 2024
O‘zbekistan - Gonkong / Butan
6 iyun 2024
O‘zbekistan - Turkmaniston
11 iyun 2024
Eron - O‘zbekistan
Fikrlar