O‘zbekiston MMA terma jamoasi Osiyo chempionatida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi!

  • 17 dekabr, 2023, 10:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Xabar berib o‘tganimizdek Bahraynning Manama shahrida havaskor MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Kecha ushbu qit’a birinchiligi o‘z yakuniga etdi. O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqishgan bo‘lsa, 18-20 yoshlilar o‘rtasida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini, 12-17 yosh toifasida esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Jami, 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Albatta, ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan barcha delegatsiya a’zolarini tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!