CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini Suriyaga qarshi bahs bilan boshladi. Raqibni bizga begona bo‘lmagan mutaxassis Ektor Kuper boshqarmoqda. Bundan avvalgi qit’a birinchiligida aynan Kuper janoblari terma jamoamizga ustozlik qilgandi.

Tecno

Ettinchi daqiqada Suriya standart ishladi. Shu vaziyatning o‘zida raqib futbolchisi darvozamiz tomon zarba berdi. O‘tkir Yusupov qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.

13-daqiqada Oston O‘runovning faolligi evaziga raqibdan to‘p olib qo‘yildi. Natijada Otabek Shukurov jarima maydoni tomon yaqinlashib, ikki uch nafar futbolchidan o‘tib zarba berdi. Biroz noaniq.

kuper

19-daqiqada Hojimat Erkinov jarima maydoniga yorib kirib zarbaberdi. Bu gal ham aniqlik etishmadi.

O‘yin vaqti vaqti bilan tomonlarning unchalik ham havfli bo‘lmagan hujumlari ostida kechdi. Ammo bir narsa aniqki, suriyaliklarning darvozamiz tomon tepgan to‘plari muxlislarimizning havotirlariga sabab bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda bog‘lamlar deyarli ishlamadi. Markazdan yorib kirishning imkoni topilmadi. Qanotlardan uzatilgan to‘plar manzilga etib bormadi. Birinchi taymda birorta aniq zarba bera olmadik. Biroq Abduqodir Husanov va Rustam Ashurmatov himoyada ancha faol harakat qildi. Ular "podkat"lari bilan raqibning hujumini buzib qo‘yaverdi. Bir so‘z bilan aytganda dastlabki 45 daqiqalikda bizga kreativ futbolchi etishmadi.

fara

Tanaffusda Katanets ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi. Sherzod Nasrullaev Hojiakbar Alijonovni, Abbosbek Fayzullaev Hojimat Erkinovni almashtirdi. 

50-daqiqada Farruh Sayfiev uzatmani amalga oshirdi. To‘p Jaloliddin Masharipovga kelib tushdi. Masharipov qulay vaziyatda turgan Otabek Shukurovga pas berdi. Shukurov tepgan to‘pga biroz aniqlik etishmadi. Keyingi hujum ham o‘zini ko‘p kuttirib o‘tirmadi. Fayzullaev yakuniy zarbani berdi. Lekin to‘p to‘rdan o‘rin olishni istamadi.

73-daqiqada Masharipov o‘z o‘rnini Igor Sergeevga bo‘shatib berdi. Bu orqali Oston qanotdan joy oldi. Sergeev markazda to‘p tepdi.

77-daqiqada Suriya hisobni ochgandi. Yaxshi hamki gol urgan 21 raqamdagi futbolchi o‘yindan tashqari holatda qolgan ekan. Aks holda…

masha

85-daqiqada Abbosbek uzoq masofadan bo‘lishiga qaramay zarba yo‘lladi. Raqib posboni hamyurtimiz tepgan to‘pni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

O‘yinning oxirgi daqiqasida Oston O‘runov o‘rniga Azizbek Turg‘unboev maydonga tushdi. Bellashuv so‘nggida vakillarimiz hujumlar yomg‘irini uyushtirdi. Biroq darvozalar ishg‘ol etilmadi. Jamoalar ilk o‘yinda 1 ochkodan ishlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
1234567
14/01/2024 01:36
Японла уртокликда сурияга 5та урганди,биз расмийда 1та хам уролмадек,асосий сабаб таркиб нотугри танланди
&
1234567
14/01/2024 01:33
Уйинчиларни позициясини Абрамов алмаштириб уйнатиб панд йегани камлик килганмиди,катанецга айтингла журналистлар хаммани уз позициясида уйнатсин,бу эпсперминти иш бермайди
Pardayev Shavkat
14/01/2024 01:31
Сайфиевни олиб, ўрнига Иброҳимхалилни қўйиш керак эди. Сайфиевда на дриблинг бор, ва на тўғри "пас" бор. Қўрқиб қолади, журъатсиз. Бир вақтлар зўр эди, энди "тугабди". Отабек Шукуровни ҳам ўйлаб кўриш керак. "Пеле"ни ҳам тушириб, 2 та ҳужумчи билан ўйнаш керак эди. Машариров ҳужумчи эмас ахир. Бунинг устига, "форма"да ҳам эмас. Ҳожиматга ўзига ўхшаш тезкор "пара" топиш керак эди, Бу албатта - Аббос. Уларни бир - биридан умуман ажратмаслик керак. Икковини икки қанотда ўйнатиш мумкун эдику. Албатта бу менинг шахсий фикрим. Балким, бу ўйинда Купернинг ҳам ҳурмати бўлгандир Умид ва интизорлик билан кейинги ўйинларни кутиб қоламиз.
&
Азизжон
14/01/2024 01:06
Катанец далбаёпкубу хужумчисиз таркиб
.... ....
14/01/2024 01:04
PAZOOORRRRRRRRRRRRR!!!!! MUSAFFFO OSMONNI UZI BILAN YUTBOMASAKANDE!!!!!!!!!!!!!!!!!!! SURIYANI OSMONIDA 15 YILDAN BERI BOMDA PORTLIDI BIZADAN YAXSHI UYNADI!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
.... ....
14/01/2024 01:01
BIZANI KOTFURISH JURNALISTLA SHU URISHDAN BOSHI CHIQMIDIGAN SURIYANI MAQTIVURIB MANA ZOR NATIJA QIBERISHDI UZBEKISTON JURNALISTLARI SURIYAGA!!! KEYINGI SAFAR HINDISONNI ZOR QILIB MAQTAB BERSALARIN PODCASTLARINDA HINDISTONGAYAM ACHKO OBERASANLA!!!!!
.... ....
14/01/2024 00:59
15 YILDAN BERI BOSHI URISHDAN CHIQMIDIGAN SURIYA BILAN NICHYA UYNAB UTIRIBDI!!!
.... ....
14/01/2024 00:58
PAZOR!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
&
Саидакбар
14/01/2024 00:55
Аббос бошидан чушиш шарт бошка йули йук
&
Саидакбар
14/01/2024 00:55
Аббос бошидан чушиш керек уринов иккови чикишиб кетади жавоб гол урарди уринов машарипов уйнолмади
Дилшод Xaмзаев
14/01/2024 00:46
Хужум йўқ.Шомуродовни ўрни билинди.Сайфиевни ўйини ноль
Жуманиязов Нураддин
14/01/2024 00:42
тайинли хужум йук шома йук лиги яккол билиниб колди
Жуманиязов Нураддин
14/01/2024 00:40
тугриси айтиш керак хужаа чизигимиз ноль