
O‘zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov 2 oyga safdan chiqdi
O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvining birinchi bo‘limi oxirlarida Otabek Shukurov jarohat olib maydonni tark etgandi. O‘yindan keyingi tashkil qilingan matbuot anjumanida Ektor Kuper yarim himoyachining qancha muddatga safdan chiqqanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Xitoyni kichik hisobda taslim etdi va 4 ta jamoa qatnashgan musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
- Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi, - dedi Kuper.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Shukurov Xitoyga qarshi bellashuvda Eldor Shomurodovga golli pas bergan va oradan ko‘p o‘tmay jarohatlanib, o‘z o‘rnini Odil Ahmedovga bo‘shatib berdi.
Fikrlar