
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga 2 nafar legioner qo‘shildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 noyabrdan Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va 14 hamda 19 noyabr kunlari bo‘ladigan JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadidi Toshkentda yig‘in boshladi.
Mashg‘ulotlarning dastlabki kunlaridan Superliga futbolchilari, legionerlardan Odil Ahmedov va Sanjar Shoahmedov ishtirok etayotgandi.
Terma jamoa mashg‘ulotlariga bugundan xorijda to‘p tepayotgan hamyurtlarimiz Rustam Ashurmatov va Ikrom Aliboev kelib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Ashurmatov bir necha kun avval "Gvangju" klubi bilan muddatidan oldin Janubiy Koreya 1-divizionida g‘oliblikka erishib, K liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar