
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati. Ahmedov bor, ammo boshqa ikki legionerimiz yo‘q (Foto)
Iyun oyida "JCh-2022" hamda "OK-2023" qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov rasmiy o‘yinlar oldidan o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Dastlab reja qilingan futbolchilardan jarohati sababli Oston Urunov, Jasurbek Yaxshiboev yig‘inda ishtirok eta olmaydigan bo‘lishdi.
Legionerlar o‘z birinchiliklaridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi. Yig‘inlar natijasiga ko‘ra Saudiya Arabistoniga boradigan yakuniy ro‘yxat taqdim etiladi.
Fikrlar