O‘zbekiston MTJ yig‘iniga yana bir legionerimiz kelib qo‘shildi

  • 5 oktabr, 2019, 21:53
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlar uchun yig‘in o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulotlarning dastlabki kunlarida Superliga klublari futbolchilari va xorijda to‘p tepayotganlardan Odil Ahmedov va Rustamjon Ashurmatov ishtirok etayotgandi. Bugundan mashg‘ulotlarga BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov kelib qo‘shildi.

Ma’lumot o‘rnida, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va olimpiya terma jamoasi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman qarama-qarshiligi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 15 oktyabrda esa Singapur bilan safarda kuch sinashamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
06/10/2019 08:09
Яхши бӯбди
Nuriddinov Jakhangir
05/10/2019 22:22
Termamizda kim oynasa xam jon jaxti bilan oynasin foydasi tegsin va galaba qozonsin
Мухтар Худайкулов
05/10/2019 22:18
Терма жамоамизга яхши футболчилар келиб қўшилганидан хурсандмиз.Одилжон Аҳмедовдан олдинги яхши ўйинларидагидек жаомани руҳлантириши, ғалабага ундашини кутамиз.Ҳимоячи Рустамжон эса эпчил, фикрловчи ўйинчи, у ҳам жамоага яхши фойда келтиради, деб умид қиламиз. Отабек Шукуров жуда чаққону, лекин негадир натижа камроқ... Менимча ҳужум чизиғига Элдор Шомуродов билан Игор Сергеев қўйилса яхши бўлармикин?.. тағин билмадим. Хуллас, бу сафарги ўйинда албатта ғалаба қозанишимизга ишончимиз кучли.