
O‘zbekiston MTJning 9 noyabrdagi o‘yini translyatsiya qilinmaydimi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va oradan 5 kun o‘tib, Falastin bilan o‘yin o‘tkazadi.
Mazkur uchrashuvlardan avval vakillarimiz Toshkentda 9 noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. "Sport" telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu o‘yin translyatsiya qilinmasligini ma’lum qildi. Buning sababi Vadim Abramov muhim bahslar oldidan o‘tkazadigan taktikalari va uslublarini raqiblar bilib qolmasligi uchun shunday yo‘l tutilayotgani taxmin qilinmoqda. Ammo bu rasmiy ma’lumot emas. Balki aksi bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 9 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.
Fikrlar