O‘zbekiston MTJning o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurdi?

  • 27 mart, 2021, 09:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ganadan tashrif buyurgan raqiblariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Vakillarimizning katta ustunligi ostida kechgan o‘yin 2:1 hisobida bizning foydamizga hal bo‘ldi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bellashuvni  20 877 tomoshabin bevosita o‘yingohdan kuzatgan.

Endi Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" navbatdagi uchrashuvni Iroq MTJga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 29 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!