Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Jahon chempionati-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichining qoldirilgan uchrashuvlari sanasini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga yuborilgan rasmiy xatga ko‘ra, saralash o‘yinlari 8 oktyabrdan qayta start beriladi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.
7-turni dam olish sifatida o‘tkazib yuboradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi o‘z yurishini 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi bahs bilan davom ettiradi.
Milliy jamoamiz 12-noyabr kuni o‘z maydonida Tsingapurni qabul qilsa, 17-noyabrda bo‘lib o‘tadigan so‘nggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.
7-tur, 8-oktyabr
Saudiya Arabistoni - Yaman
Falastin - Singapur
8-tur, 13-oktyabr
Singapur - Saudiya Arabistoni
Yaman - O‘zbekiston
9-tur, 12-noyabr
O‘zbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni - Falastin
10-tur, 17-noyabr
Falastin – Yaman
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
Fikrlar